Mebelchilar va oshxona dizaynerlari uchun ilova.

Oshxonani 3D da yig'ing, materiallarni tanlang va darhol smeta hamda ishlab chiqarish uchun fayllarni oling.

Yuklab olingApp StoreTez oradaGoogle Play
Ilova yig'gan tayyor oshxona varianti va uning narxi
Stanokka tayyor ekrani: chizmalar va eksport fayllari

Bo'sh xonadan stanok fayligacha.

Yetti bosqich. Har birida narx yangilanib turadi, oxirida esa ishlab chiqarish uchun tayyor fayl chiqadi.

Oshxona parametrlari: duxovka joyi va so'rg'ich turi

Parametrlar

Ilova to'rt savol beradi: duxovka qayerda turadi, so'rg'ich qanday, muzlatgich alohidami va oshxona qaysi shaklda.

Xona rejasi, devor o'lchamlari bilan

Xona

Devorni barmoq bilan chizasiz, o'lchamlar chizish payti o'zgarib turadi. Deraza, eshik, rozetka, suv nuqtasi va radiator o'z joyiga tushadi.

Ilova yig'gan tayyor oshxona varianti va narxi

Joylashuv

Ilova bir necha tayyor oshxonani o'zi yig'ib beradi, har birining narxi bilan. Yoqqanini tanlab, ustida ishlashda davom etasiz.

Shkaflar katalogi va 3D oshxona

Konstruktor

Shkaf, texnika va mebelni sudrab qo'yasiz. Har harakatda yuqoridagi narx yangilanadi, shuning uchun mijozga javobni shu yerda berasiz.

Furnitura klassi va ulanishlar hisobi

Muhandislik

Furnitura klassini tanlaysiz. Ekssentrik, shkant, petlya va tokcha ushlagichlarni ilova o'zi sanaydi va sverlovkaga tushiradi.

Smeta: bo'limlar va modullar bo'yicha narx

Smeta

Korpus, fasad, ish stoli, furnitura, stanok ishlovi va yetkazish alohida chiqadi. Har bir modulning narxi ham ro'yxatda turadi.

Stanokka tayyor: chizmalar va eksport fayllari

Tayyor

Chizmalar, raskroy va stanok fayllari tayyor. Ulanishlar tekshiruvdan o'tgach, eksport tugmasi ochiladi.

Yon tomonga suring

Xona rejasi: devor o'lchamlari, deraza va kommunikatsiya nuqtalari

Xonani xohlaganingizcha chizing.

To'rtburchak xona bilan cheklanmaysiz. Burchakli devor, chiqib turgan ustun, notekis o'lcham: hammasini barmoq bilan chizasiz. Deraza, eshik, rozetka, suv nuqtasi va radiatorni ham joyiga qo'yasiz.

Shkaf, texnika va mebelni sudrab qo'yasiz. Yuqoridagi narx har harakatda yangilanadi, shuning uchun mijozga javobni shu yerda berasiz.

Shkafning ichini o'zingiz yasaysiz.

Katalogdan tayyorini tanlash shart emas. Shkaf ichiga chiziq tortasiz, u bo'laklarga bo'linadi va har bo'lakning aniq o'lchami chiqadi. Qaysi bo'lakka eshik, qaysisiga tortma qo'yishni o'zingiz aytasiz.

  • Chiziq tortib bo'laklarga bo'lish
  • To'siqni surib o'lchamni o'zgartirish
  • Eshik va tortmalarni joylashtirish
  • Natijani darhol 3D da ko'rish
Shkaf ichi bo'laklarga bo'lingan, har bo'lakning o'lchami bilan
Yasalgan shkaf 3D ko'rinishda, tokchalari bilan

Ustaning ish kuni bo'yicha yasalgan.

Mening shkaflarim

O'zingizga qulay shkafni bir marta yasab, saqlab qo'yasiz. Keyingi loyihalarda uni bir bosishda, to'liq sozlangan holida chiqarasiz.

Saqlangan shkafni loyihaga qo'shish oynasi

Hisob avtomatik

Ekssentrik, shkant, petlya va tokcha ushlagichlarni ilova o'zi sanaydi.

308
teshik
95
detal
31.74
m² plita

O'zbekcha, so'mda

Interfeys o'zbek va rus tilida. Valyuta so'm yoki dollar, kursni o'zingiz kiritasiz.

Loyihalar bulutda

Telefon almashsa ham loyihangiz joyida. Boshqa qurilmadan kirib davom etasiz.

Chizmalar PDF da

Fasad, yuqoridan ko'rinish, ish stoli va sverlovka. Sexga bosib chiqarasiz.

Stanok tushunadigan fayl.

Smeta o'zi hisoblanadi: korpus, fasad, ish stoli, furnitura, stanok ishlovi va yetkazish alohida chiqadi. So'ngra loyihani ishlab chiqarishga topshirasiz.

  • SWJ008ChPU stanogi uchun to'liq fayl
  • DXFPlita kesish uchun raskroy
  • CSVSpetsifikatsiya, ombor va buyurtma uchun
  • PDFChizmalar to'plami

Eksportdan oldin ilova ulanishlarni tekshiradi. Xato bo'lsa, faylni stanokka yubormaydi.

Smeta: bo'limlar va modullar bo'yicha
Muhandislik: furnitura klassi va ulanishlar hisobi

Bugun yuklab oling va birinchi oshxonangizni yig'ing.

Ilova beta bosqichida. Undan ham kuchliroq yangi versiya ustida ishlayapmiz va sizning fikringiz uni shakllantiradi.

Yuklab olingApp StoreTez oradaGoogle Play